Rekord! O‘zbekistonda bir kunda 281 ta bemor qayd etildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekistonda 281 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 255 nafari Karantin muassasalarida, 25 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 135 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 2 nafar) sog‘aydi.  

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8503 nafar bemordan 5682 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2795 nafar bemordan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 40 218 nafar, statsionar karantinda esa 24 168 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing