Reklamalarda hayosizlik va pornografiya bemalol bo‘lib qoldi — Alisher Qodirov
Jamiyat
−
20 mart 2021
9377O‘zbekistonda tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlari reklamasida hayosizlik va pornografiya unsurlari ortib boryapti. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov shunday fikrni bildirdi.
“Reklamada davlat tili oyoqosti qilingani yetmagandek hayosizlik va pornografiya elementlari ham bemalol bo‘lib qoldi.
Buni normal holat sifatida qabul qilish mumkin emas! Reklamaning mazmuni va shakli tubdan qayta ko‘rib chiqilishi kerak”, degan deputat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qodirovga ko‘ra, “Milliy tiklanish” partiyasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda ko‘rib chiqishni boshlagan.
LiveBarchasi