Referendumda ovoz berganlar 73 foizdan oshdi
Jamiyat
−
30 aprel 2023
4036O‘zbekistonda davom etayotgan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda soat 15:00 holatiga ko‘ra, 14 million 206 ming 21 nafar shaxs ya’ni ovoz beruvchilarning 73,17%i ishtirok etishga ulgurdi. Bu haqda Markaziy Saylov Komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan brifing davomida Komissiya raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Eng ko‘p aholi Farg‘ona viloyatida – 2 million 209 ming 804 nafar fuqaro ovoz bergan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (2 081 436) va Qashqadaryo viloyatlari (1 840 371) qayd etilgan.
“Hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Kvanju shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu uchastkalarda ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi. Boshqa xorijiy mamlakatlardagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda”, deydi Qo‘chqorov.
Aytish joizki, xorijiy davlatlardagi referendum uchastkalarida jami 307 ming 895 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchilar ruyxatiga kiritilgan.
“Shulardan 159 ming 276 nafari muddatidan oldin ovoz bergan”, dedi Komissiya raisi o‘rinbosari.
Shuningdek, u ovoz berish bilan bog‘liq qonunbuzilish qolatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida ayrim referendum uchastkalarida yakka holdagi kamchiliklar to‘g‘risida xabar berilmoqda. Barcha holatlar, albatta, MSK tomonidan okrug komissiyalari hamda mutasaddilar bilan birgalikda qonun doirasida ko‘rib chiqiladi”, dedi Bahrom Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonlari soat 20:00 ga qadar davom etadi.
LiveBarchasi