“Real” jarohat olgan Alabaga o‘rinbosar qidiradimi?
Sport
−
18 dekabr 2023 3254 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning avstriyalik himoyachisi David Alabaning jiddiy jarohati tufayli yangi xaridlar haqida fikr bildirdi.
Avstriya terma jamoasi futbolchisi Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda (4:1) jarohat oldi.
“Yangi o‘yinchilarni yanvarda sotib olish-olmaslikni yaqin kunlarda hal qilamiz”, deydi Anchelotti.
O‘yindan so‘ng “qirollik klubi” avstriyalik futbolchining tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra chap tizzasidagi xochsimon paylari uzilishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. O‘yinchi yaqin orada operatsiya qilinadi. Uning taxminan qachon safga qaytishi hali e’lon qilinmadi.
Ma’lumot uchun, David Alabaning “Real” bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 31 yoshli futbolchining transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr