“Barselona” “Real”ning sobiq himoyachisiga qiziqmoqda

Sport

image

“Barselona” klubi “Real Madrid”ning sobiq himoyachisi David Alabaning holatini kuzatib bormoqda va uni erkin agent sifatida tarkibga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 34 yoshli futbolchini “Bavariya”da birga ishlagan davridan yaxshi biladi va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

“Barselona” Alabani markaziy himoyada ham, qanotda ham o‘ynay oladigan universal futbolchi sifatida baholamoqda. Biroq avstriyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy varianti hozircha Italiya chempionatiga o‘tish bo‘lib turibdi. Unga “Roma” va “Latsio” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Alaba 2021 yildan 2026 yilgacha “Real Madrid” sharafini himoya qildi. Bu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 132 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi 2026 yil yozida Madrid klubini tark etib, erkin agentga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing