“Real” yulduzlari mashg‘ulotda urishib ketishdi – OAV

Sport

image

“Real Madrid”ning urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde va fransiyalik futbolchi Orelen Tchuameni mashg‘ulot vaqtida o‘zaro tortishib qoldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea kecha, 6 may kuni jamoaning mashg‘ulot bazasida sodir bo‘lgan. Mojaro qo‘pol o‘yin sabab kelib chiqqan bo‘lib, shundan so‘ng futbolchilar bir-birini itarib yuborgan va vaziyat janjalga aylanib ketgan. Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi tortishuv keyinchalik kiyim almashtirish xonasida ham davom etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu hafta boshida “Real Madrid”ning yana ikki futbolchisi – Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras o‘rtasida ham mashg‘ulot paytida mojaro kelib chiqqan edi. Keyinroq Karreras bu holat alohida voqea bo‘lganini va muammo hal qilinganini aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 may kuni “Real Madrid” safarda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda Madrid klubi ochko yo‘qotsa, kataloniyaliklar muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbol yulduzi Neymar “Santos” jamoasi mashg‘ulotida 18 yoshli yarim himoyachi Robino Junior bilan tortishib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Federiko Val'verde Orel'en Tchuameni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing