“Real” yetakchisi jamoani tark etadigan bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich 2023/2024 yilgi mavsum yakunida ispan jamoasini tark etadi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining shartnomasi yakunlanmoqda va Madrid klubi rahbariyati xorvatiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan.

Modrich “qaymoqranglilar” safida 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda.  Joriy mavsumda yarim himoyachi “Real Madrid” safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golga assistentlik qildi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.

“Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda, Karlo Anchelotti shogirdlari 16 o‘yinda 39 ochko to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Luka Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made