“Real” Valensiyadagi jabrlangan oilalarga katta summa xayriya qildi
Sport
−
01 noyabr
2469Pireney yarimoroli qirg‘oqlariga kelib, 150 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli “Dana” to‘foni butun Ispaniya va Yevropani sarosimaga soldi. Tabiiy ofatdan jabrlangan oilalarga Madridning “Real” klubi 1 million yevro xayriya qildi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi va La Liga kubogi sohiblari “Real Madrid”dan tashqari jabrlangan oilalarga Kataloniyaning “Barselona” va boshqa bir qator mashhur jamoalar ham xayriya qilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirga kelib “Dana” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 150 nafardan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyadagi to‘fonlar oqibatida “Valensiya” klubining sobiq futbolchisi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi