Ispaniyadagi toshqinlarda futbolchi halok bo‘ldi
Sport
−
01 noyabr 2024 9989 1 daqiqa
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuzatilgan suv toshqinlarida futbolchi Xose Kastilexo qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Valensiya” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli futbolchi mahalliy klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoaning bir nechta o‘yinlarida ham maydonga tushgan.
“Valensiya” “Dana” to‘fonining qurboniga aylangan Xose Kastilexoning vafotidan chuqur afsusda”, deyiladi klub bayonotida.
Kastilexo “Valensiya”dan tashqari quyi liganing “Paterna”, “Eldense”,“Bunol”, ”Roda”, “Torre Levante” va boshqa klublarida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘fon oqibatida mamlakat chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Valensiya”-“Real” o‘yini boshqa sanaga qoldirilgani xabar qilingandi.