“Real” o‘z safini “Bavariya” a’zosi bilan kuchaytirmoqchi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi yozgi transfer oynasida hujumchi Sadio Maneni sotib yubormoqchi. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi hujumchini taxminan 25-30 million yevroga sotishga tayyor. Shu munosabat bilan senegallik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatiga “Real Madrid” ega chiqmoqchi. “Qirollik klubi” Maneni jamoani tark etgan fransiyalik hujumchi Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Mane “Bavariya”ga o‘tmasidan avval Angliyaning “Liverpul” klubi safida o‘ynagan va jamoa bilan Angliya chempioniga aylangandi. Senegallik hujumchi “Bavariya”ga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shildi.

Joriy mavsumda u Yevropa Chempionlar ligasida “Bavariya” “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lgan bahsda jamoadoshi Leroy Sanening yuziga musht tushirib, muammoga duch keldi. Insayderlarning fikricha, shundan keyin klub senegallik futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Bavariya Liverpul' Sadio Mane

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing