“Real” o‘z afsonalarining kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qildi
Sport
−
01 iyul
6121Madridning “Real” klubi ikki klub afsonasi Luka Modrich va Lukas Vaskesning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglikar” Luka Modrich va Lukas Vaskesning yangi shartnomalarini tasdiqlamoqchi. Ikkala futbolchi bilan ham hamkorlik davom ettiriladi. Tez orada klub bu haqda rasman e’lon qiladi.
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin “qirollik klubi” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Shuningdek, “Real Madrid” hujumchi Xoseluning ketayotganini rasman e’lon qildi, u Qatarning “Al-Garafa” klubiga o‘tdi. “Qirollik klubi” futbolchining shartnomasini “Espanol”dan sotib olish variantini faollashtirgan, shundan so‘ng uni Qatar klubiga sotgan.
“Real Madrid” afsonasi va sardori Nacho esa rasman “Real”ni tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Qodsiya” jamoasiga borib qo‘shildi.
LiveBarchasi