“Real” Unai Emeri bilan muzokaralar olib bormoqda – manba

Sport

image

“Real Madrid” klubi “Aston Villa” bosh murabbiysi Unai Emeri bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda jurnalisti Ramon Alvares de Mon xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar “Real Madrid” yozda yana bosh murabbiyni almashtirishga qaror qilsa, Unai Emeri asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. So‘nggi kunlarda tomonlar Emerining ushbu lavozimga tayyorligi va ehtimoliy hamkorlik shartlarini baholash maqsadida muzokaralar olib borgan.

Ma’lumki, joriy yilning 12 yanvar kuni “Real Madrid” Xabi Alonso bilan bosh murabbiylik bo‘yicha hamkorlik yakunlanganini e’lon qilgan edi. Uning o‘rniga vaqtincha Alvaro Arbeloa tayinlandi. Arbeloa rahbarligida madridliklar barcha musobaqalarda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.

54 yoshli Unai Emeri faoliyati davomida “Sevilya” klubi bilan 2014-2016 yillarda ketma-ket uch marta Yevropa ligasi g‘olibiga aylangan. Keyinchalik u 2021 yilda “Vilyarreal” bilan ushbu sovrinni yana qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Unai Emeri 2022 yildan buyon “Aston Villa”ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda 23 turdan so‘ng jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadam “Arsenal”dan to‘rt ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Unai Emeri “Aston Villa”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing