“Real” sobiq futbolchisini o‘z safiga qaytaradimi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi qanot himoyachisi Dani Karvaxal uzoq vaqt muddatga safdan chiqdi. Klub rahbariyati uning o‘rniga PSJ a’zosi Ashraf Hakimini olib kelishi haqidagi gap-so‘zlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qirollik klubi endi o‘zining sobiq qanot himoyachisi Ashraf Hakimi bilan qiziqmayapti. Avvalroq u Karvaxalning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rilgan bo‘lsada, marokashlik futbolchi hozirda “Real”ga o‘tish uchun nomzod emas.

Qirollik klubi hamon “Liverpul”dan Trent Aleksandr-Arnoldni Karvaxal o‘rniga ideal variant sifatida ko‘rmoqda. “Mersisaydliklar” tarbiyalanuvchisini “Real” sotib olishi haqidagi gaplar anchadan beri aylanmoqda va ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” angliyalik futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Agar “Real” Arnold bilan shartnoma imzolay olmasa, Hakimi transferi uchun kurashga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning boshqa bir himoyachisi Eder Militao jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqqanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Liverpul' Ashraf Hakimi Dani Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made