“Xetafe” Karvaxal ortidan Ramosni ham jamoaga olib kelmoqchi

Sport

−

image

Ispaniya terma jamoasi bilan jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan Serhio Ramos “Xetafe” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jamoa prezidenti Anxel Torres “Radio Nacional de España” radiosining “Tablero Deportivo” dasturida ma’lum qildi.

“Uning akasi va agenti men bilan gaplashdi. Ramos kelajakda jamoaga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida bor”, deydi Torres.

Shu bilan birga, “Xetafe” prezidenti Ramosning transferi hozircha klubning asosiy ustuvor vazifasi emasligini ta’kidladi. Jamoa bosh murabbiyi Xose Bordalas himoya markazidan ko‘ra qanot pozitsiyalarini kuchaytirishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Avvalroq, Ramosning “Real Madrid”dagi sobiq jamoadoshi Dani Karvaxal “Xetafe” bilan shartnoma imzolagandi.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Serhio Ramos hozirda erkin agent hisoblanadi. U “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klubning asosiy jamoasida 2004-2005 va 2023-2024 yillarda to‘p surgan.

Ramos “Real Madrid” safida besh marta Ispaniya chempionati, ikki marta mamlakat kubogi, to‘rt marta Chempionlar ligasi, to‘rt marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va uch marta UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.

Ispaniya terma jamoasi bilan esa 2010 yilgi Jahon chempionati hamda 2008 va 2012 yillardagi Yevropa chempionatlarida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing