Rasman: Karvaxal “Real”dan ketishini e’lon qildi
Sport
−
18 may 1408 1 daqiqa
Madridning “Real” jamoasi sardori Dani Karvaxal joriy mavsum yakunida klubni tark etadi. Bu haqda “qirollik klubi” matbuot xizmati xabar berdi.
34 yoshli himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.
“Real Madrid” klubimiz va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan biriga o‘z minnatdorligini bildiradi. Klub Daniel Karvaxal va uning oilasiga hayotining yangi bosqichida omad va eng ezgu tilaklarni tilaydi”, deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Dani Karvaxal “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoaning hozirgi sardori 2013 yil yozidan buyon asosiy tarkibda muntazam to‘p surib kelayotgan edi.
U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Karvaxal madridliklar safida umumiy hisobda 450 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq polshalik hujumchi Robert Levandovskiy joriy mavsum yakunida “Barcyelona”ni tark etishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi