Karvaxal “Xetafe” bilan shartnoma imzoladi

Sport

−

image

“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Dani Karvaxal Ispaniyaning “Xetafe” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

“Xetafe” futbol klubi nomidan Dani Karvaxalni qutlaymiz va unga faoliyatining yangi bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Karvaxal 2013 yildan beri “Real Madrid” safida to‘p surib kelgan. U madridliklar jamoasi tarkibida 451 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 66 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Himoyachi “Real Madrid” bilan to‘rt marta Ispaniya chempionligi, ikki marta Ispaniya Kubogi, to‘rt marta Ispaniya Superkubogi, olti marta Chempionlar ligasi, besh marta UEFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionligida g‘olib chiqqan.

Ispaniya terma jamoasi bilan esa Karvaxal 2024 yilgi Yevropa chempionati va 2023 yilgi Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing