Karvaxal faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
18:17 419 1 daqiqa
Italiyaning “Inter” jamoasi mavsum yakunida “Real Madrid”ni tark etayotgan Dani Karvaxalga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya klubi 34 yoshli ispaniyalik futbolchini Madrid klubi bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Kristian Kivu boshqarayotgan “Inter” Dani Karvaxalni tajribasi, yetakchilik xususiyatlari va hal qiluvchi uchrashuvlarda yuqori saviyada o‘ynay olishi tufayli himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda.
Shuningdek, Denzel Damfrisning jamoani tark etishi mumkinligi “neradzurri” rahbariyatini yangi o‘ng qanot himoyachisi izlashni tezlashtirishga undagani aytilmoqda. Shuningdek, Karvaxalga “Yuventus”, “Komo” va “Milan” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq ayni paytda asosiy da’vogar “Inter” bo‘lib turibdi.
“Inter” rahbariyati boshqa klublar bilan raqobatga kirishmaslik uchun joriy yilning iyun oyi boshiga qadar kelishuvga erishishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, Dani Karvaxal “Real Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimida 20 yildan ortiq faoliyat yuritgan. Madridliklar safida himoyachi 27 ta sovrin yutgan, jumladan, olti marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Live
Barchasi