“Real”ning uch futbolchisi safdan chiqdi
Sport
−
11 noyabr
1671Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yinda “Real Madrid” klubining bir necha futbolchilari jarohat olib, turli muddatlarga safdan chiqdi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Tibbiy ko‘riklardan so‘ng “qirollik klubi”ning braziliyalik futbolchisi Rodrigoning o‘ng oyog‘i to‘g‘ri son suyagi mushagi shikastlangani aniqlandi. Qanot himoyachisi Vaskes esa chap oyog‘idan jarohat oldi.
Ikkala futbolchi ham bir oyni maydonga tusha olmaydi.
Shuningdek, “Osasuna”ga qarshi bahsda jarohat olgan yana bir braziliyalik futbolchi Eder Militao mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi. Hozirda himoyachi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Militao ikkinchi marta xochsimon payini yirtib oldi.
Shunday qilib, Madrid klubining joriy mavsum jarohatlangan futbolchilari soni 7 nafarga yetdi. Katta ehtimol bilan jamoa qishki transfer oynasida o‘z safini yangi futbolchilar bilan boyitadi.
LiveBarchasi