“Real”ning sobiq bosh murabbiyi APLda ish boshlaydigan bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Angliyaning “Vulverxempton” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

Xabarga ko‘ra, aslida ispaniyalik muxataxassis 2016 yilda “bo‘rilar” murabbiyi bo‘lishi mumkin edi. Klub rahbariyati Xulen bilan og‘zaki kelishuvga ham erishgan,ammo, yakunda Ispaniya terma jamoasining taklifi Lopetegining rejalarini o‘zgartirib yuborgan.

Xulen Lopetegi joriy yilning 14 noyabridan jamoada ish boshlaydi. Murabbiyning so‘nggi ish joyi Ispaniyaning “Sevilya” klubi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mutaxassis 2019-2020 yilgi mavsumda Andalusiya klubi bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Lopetegi

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing