“Real”ning Mbappe bo‘yicha yangi rejasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi 2024 yilning yozida PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” sabrli bo‘lishga va keyingi transfer oynasida PSJ bilan muzokaraga kirishmay, bir yildan so‘ng Mbappeni tekinga sotib olishga qaror qilgan. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi allaqachon “Qirollik klubi”ga o‘tish istagini bildirgan.

Bir yil avval imzolangan shartnomaga ko‘ra, Mbappe shartnomani 2023 yilning yozida uzaytirish variantini faollashtirmasa, 2024 yilda PSJni tark etishi mumkin.

24 yoshli Mbappening “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar o‘tgan yili uning parijliklar bilan avvalgi shartnomasi yakunlanayotgan paytda tarqalgan edi, biroq fransiyalik futbolchi so‘nggi lahzada fikridan qaytdi va PSJDa qolishga qaror qildi.

Joriy mavsum Mbappe PSJ safida Fransiya chempionati doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing