“Real”ning 7-raqamli futbolchisi “Arsenal”ga o‘tadi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Dias yaqin vaqtlar ichida Londonning “Arsenal” klubiga o‘tishi mumkin. 

O‘tgan mavsum avvalida “Lion” klubidan Madridga ko‘chib o‘tgan futbolchi “Real” asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmadi. Qolaversa, “qirollik klubi” joriy transfer vaqtida jamoaning hujumdagi chizig‘ini yetarlicha kuchaytira oladigan futbolchilarni xarid qildi. Shu sababdan Zidan yangi mavsumda ham Diasga yetarli darajadagi o‘yin amaliyotini vada qila olmasligi mumkin.

“Real” futbolchi uchun yetarli darajadagi mablag‘ni bera oladigan klub bilan muzokaralarga kirishishga tayyor. “Arsenal” esa Madrid tarbiyalanuvchisi uchun 20 mln yevro taklif qilmoqda. Bunga ispan klubining munosabati hali e’lon qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Mariano Dias o‘tgan mavsumda “Real” tarkibida 19 o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasini 4 bor ishg‘ol etgan edi.

Avvalroq, "Arsenal" klubi o‘z futbolchisi Mesut O‘zilni Turkiyaning "Fenerbaxchi" klubiga sotmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Arsenal Mariano Dias

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing