“Real” nega Vinisiusga “Oltin to‘p” berilmaganining sababini aniqladi
Sport
−
29 Oktabr
42027O‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha “Oltin to‘p" sohibi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri bo‘ldi. Marosim oldidan aksariyat tahlilchilar va bukmekerlar “Real” vingeri Vinisius Junior sovrinni olishiga ishongan, biroq so‘nggi lahzada ispaniyalik futbolchi sovrinni qo‘lga kiritishi ma’lum bo‘ldi. Madrid klubi bu holatdan g‘azabda va sodir bo‘lgan voqea uchun kim javobgar ekanligini aniqladi.
Prezident Florentino Peres va boshqa “Real Madrid” rahbarlari bu vaziyatga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning ta’siri katta bo‘lganiga ishonmoqda. Sababi, Peres va Madrid klubi futbol Superligasi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, UEFA prezidenti esa bunday turnirga keskin qarshi.
“Real Madrid” menga Vinicius g‘alaba qozongan yoki yo‘qligini bilish uchun bosim o‘tkazayotgan edi va ehtimol mening sukut saqlashim ularni Vini yutqazgan deb o‘ylashiga sabab bo‘ldi, shuning uchun ular marosimga kelmadi. Men bundan hayratdaman, lekin bu haqda gaplashib tunni o‘tkazishni xohlamayman. Men g‘olibimiz Rodri haqida gapirmoqchiman”, deydi “France football” muharriri.
Qayd etish joiz, garchi “Real” a’zolari “Oltin to‘p” topshirish marosimining bir nechta nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa ham, “qirollik klubi”dan Parij shahridagi “Shatl” teatri mezbonlik qilgan marosimga hech kim bormadi.