“Real” Modrich bilan shartnomani uzaytiradi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida yozishicha, “Qirollik klubi” allaqachon xorvatiyalik bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

“Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub rahbariyati 36 yoshli Modrichni asosiy futbolchi sifatida bilishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi Luka Modrich UEFA Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi va jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, Modrich va “Real” o‘rtasida amaldagi kelishuv 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Real EChL Modrich Anchelotti Shartnoma

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing