“Real” Modrich bilan shartnomani uzaytiradi
Sport
−
24 iyun 2023 4812 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda SORE xabar berdi.
Madrid klubi 37 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini kelasi hafta e’lon qilishi kutilmoqda. Tomonlar yana bir mavsum uchun shartnoma imzolaydi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.
"Real Madrid" Ispaniya La Ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida 2-o‘rinni egalladi. Jamoa chempionatda 78 ochko to‘pladi. Yevropa Chempionlar ligasida “Real” yarim finalga qadar yetib bordi.
Live
Barchasi