“Real” “Milan” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Madridning "Real" klubi "Milan" himoyachisi Fikayo Tomori bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “Calciomercatoweb” nashrida xabar berildi.

Manba xabariga ko‘ra, ispan klubi Nacho Fernandes bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolganidan so‘ng, chap qanot himoyachisi izlashni boshlab yuborgan. Sababi, Anchelotti qo‘l ostida markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydigan David Alaba qanot himoyasida o‘ynashga qodir, ammo Alaba qanotda o‘ynasa, "Real" markaziy himoyasida muammolar paydo bo‘ladi. Bu muammoni hal qilish uchun "qirollik" klubi yangi himoyachi sotib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali Tomorini 50 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda futbolchi "Milan" safida 4 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Milan

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing