“Real” Mbappening o‘tish xarajatlari 400 mln yevrodan oshishini ma’lum qildi

Sport

image

“Real Madrid” klubi PSJ hujumchisi Killian Mbappening transfer xarajatlari 400 mln yevrodan oshishini ma’lum qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” Kilian Mbappe transferi ustida faol ish olib bormayapti. Buning sababi futbolchining o‘tish xarajatlari barcha to‘lovlarni qo‘shib hisoblaganda, 400 million yevrodan oshishi kutilmoqda. “Qirollik klubi” esa buncha pulni sarflash niyatida emas.

Forvardning PSJ bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Parijliklar futbolchiga ikkita, shartnomani uzaytirish yoki shu yozda jamoani tark etish taklifini berdi. Gap shundaki, PSJ Mbappeni shu yozda pullamasa, keyingi mavsum yakunida tekinga boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Bu esa aynan “Real Madrid”ning taktikasiga mos keladi. “Qaymoqranglilar” 2024 yilda Kilianni  hech qanday sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish istagida.

Ma’lumot uchun, Mbappening Parij klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 o‘yinda 41 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali uni 180 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made