“Real” Mbappega nechanchi raqamni bermoqchi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega yarim himoyachi Luka Modrichga tegishli bo‘lgan 10-raqamni taklif qildi. Bu haqda “Sports Zone” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Modrich madridliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas  va u faoliyatini boshqa klubda davom ettirish haqida o‘ylamoqda. Xorvatiyalik to‘p ustasi uchun manfaatli variantlardan biri bu Saudiya Arabistoni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” va Kilian Mbappe vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida prinsipial kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgan edi. Shu bilan birga, Mbappe Madrid klubiga o‘tishini tasdiqlashdan oldin PSJning takliflarini eshitmoqchi.

Mbappe 2018 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing