“Real” Mbappe transferini qachon e’lon qiladi?

Sport

image

Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi jahon futbolida eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzu bo‘lib qolmoqda. Fransiyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qilishi ma’lum bo‘lib ulgurdi, klub transferni qachon rasman e’lon qilishi ham aniq bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “Real” va PSJning joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasida to‘qnashmasligi aniq bo‘lganda, “Real” Mbappe transferini e’lon qiladi. 

Hozircha ikkala klub ham musobaqada o‘ynashda davom etmoqda va nazariy jihatdan istalgan bosqichda to‘qnashishi mumkin.

Shuningdek, “Real” Mbappega shartnoma erkin agent sifatida shartnoma imzolaganligi uchun bonus sifatida 150 million yevro to‘laydi. Futbolchi bu summani 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib oladi.

Mbappening “Real”dagi asosiy maoshi 15 million yevroni tashkil qiladi. Uning maoshi miqdori ham yildan-yilga oshib boradi. Killian klubdagi sermahsulligiga qarab turli bonuslar bilan ham taqdirlanadi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made