“Real” - “Manchester Siti” o‘yiniga hakam tayinlandi

Sport

image

“Real Madrid” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) pley-off bosqichi doirasidagi javob o‘yinini FIFA referisi Ishtvan Kovach boshqarib boradigan bo‘ldi. Bu haqda “Real” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ruminiyalik hakam to‘rtinchi marta “Real” ishtirokidagi o‘yinda ish olib boradi. E’tiborlisi, Kovach shu vaqtga qadar aynan “Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinda ishlagan va bahsda “shaharliklar”ning qo‘li baland kelgan. 2021/22 yilgi mavsum YeCHL yarim finalining birinchi bahsida Angliya klubi “Real”ni o‘z uyida 4:3 hisobida mag‘lub etgandi, ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, qirollik klubi turnir finaliga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki bahsda “qaymoqranglilar” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi. Tomonlar o‘rtasidagi javob o‘yini Toshkent vaqti bilan 20 fevralga o‘tar kechasi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Real Madrid Ishtvan Kovach

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing