“Real” “Man Siti” bilan o‘yinlar bo‘yicha bir nechta rekordlarni rasmiylashtirdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) pley-off bosqichida “Manchester Siti”ga qarshi safardagi g‘alabadan so‘ng (3:2) Xosep Gvardiola boshchiligidagi “shaharliklar”ga qarshi safar o‘yinlarida statistik muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” butun o‘yin davomida darvoza tomon 20 ta zarba yo‘lladi, bu esa madridliklar uchun “Etihad”da ispaniyalik mutaxassisning shogirdlari bilan o‘yinlar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Shuningdek, Madrid klubi “Manchester Siti” stadionidagi o‘zining tarixdagi birinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi. “Real” “Siti”ga o‘zaro o‘yinlardagi g‘alabalar soni bo‘yicha ham tenglashib oldi. Oxirgi o‘yindagi muvaffaqiyat “Real”ning “Siti” ustidan qozonilgan 4-g‘alabasi bo‘ldi. “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi 5 ta o‘yinda klublar murosa yo‘lini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” YeCHLdagi 300-g‘alabasini tantana qilgani va bu borada turnirning mutaq rekordchisiga aylangani xabar qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing