“Real” YeCHLda 300 ta g‘alabaga erishgan ilk klub bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasidagi safarda Angliyaning “Manchester Siti” klubiga qarshi o‘yinda (3:2) g‘alaba qozonib, barcha davrlarning asosiy yevrokubok turniri uchun tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Shu tariqa qirollik klubi Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa chempionlar kubogi tarixida 300 ta g‘alabaga erishgan birinchi klub bo‘ldi. Bungacha hech bir jamoa bu ko‘rsatkichga erishmagan. G‘alabalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 241 g‘alabaga ega “Bavariya” joylashgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikni Kataloniyaning “Barselona” (209) yakunlab turibdi.

Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yini Toshkent vaqti bilan 20 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Madriddagi “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maridliklar bosh murabbiyi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing