“Real” “Man Siti” himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
20 may 2023 5281 1 daqiqa
“Bavariya”da ijara asosida o‘ynayotgan “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “DeadlineDayLive” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq Madrid klubi Kanselu uchun “Arsenal” va “Bavariya” bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.
Kanseluning “Bavariya” bilan ijara shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.
Joriy mavsum, Joau nemis klubi safida Bundesligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali uning qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr