“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi.

2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Yozgi transfer oynasida “qaymoqranglilar” fransiyalik superyulduz Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made