“Real Madrid”ning asosiy tarkib futbolchisi jamoadan ketmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi asosiy tarkib darvozaboni hisoblangan Tibo Kurtua klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Qirollik klubi Kurtuaga o‘rinbosar izlashni boshlagan. Bu haqda “El National” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshlik belgiyalik darvozabonning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi. Kurtua kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Shu bois, belgiyalik darvozabon faoliyatini yakunlashi yoki Saudiya Arabistoni ligasida o‘ynab, so‘ngra faoliyatini boshlagan “Genk” klubida tugatishi haqida o‘ylamoqda.

Hozirda “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresni yangi darvozabon izlashni boshlab yuborgan. Presning ro‘yxatidagi birinchi nom Andrey Lunin. Kurtua og‘ir tizza jarohati sabab safdan chiqqan paytda ukrainalik posbon o‘zini asosiy darvozabon sifatida ko‘rsatgan edi. Lunin hozirda jamoaning zaxira darvozaboni hisoblanadi.

“Real Madrid” rahbariyatida “Brayton” darvozaboni Bart Verbryuggen nomzodi ham bor. 22 yoshli niderlandiyalik posbon APLning eng iqtidorli darvozabonlaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua 2022 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ga qarshi o‘yinning asosiy qahramonlaridan biri va o‘sha finalning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Belgiyalik yulduz “Real Madrid” jamoasi bilan ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Tibo Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing