“Real” “El-Klasiko” oldidan jiddiy yöqotişga uçradi

Sport

−

image

“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua gripp bilan kasallangani sababli Ispaniya çempionatining 10-turida “Barselona”ga qarşi safar uçraşuvida iştirok etmaydi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kurtua gripp tufayli bugun bölib ötadigan Ispaniya çempionatining “Real Madrid” va “Barselona” örtasidagi uçraşuvi uçun tarkibdan sönggi daqiqada çiqarildi”,  deyiladi klub bayonotida.

“El-Klasiko” bugun, 25 oktyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 01:00 da boşlanişi rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, 34 yoşli Kurtua 2018 yildan buyon “Real Madrid” şarafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan uç marta Ispaniya çempionligi, ikki marta Çempionlar ligasi ğolibligi, şuningdek, UEFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi va boşqa qator sovrinlarni qölga kiritgan. Faoliyati davomida belgiyalik darvozabon “Genk”, “Çelsi” va “Atletiko Madrid” klublarida ham öynagan. Belgiya terma jamoasi bilan esa 2018 yilda Rossiyada ötkazilgan jahon çempionatida bronza medaliga sazovor bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” yarim himoyaçisi Dani Olmo Çempionlar ligasi 3-turidan örin olgan “Pari Sen-Jermen”ga qarşi uçraşuvda (2:4) olgan jarohati sababli “El-Klasiko”ni ötkazib yuborişi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing