“Real Madrid” Mbappega 130 million yevrolik taklif bildirdi

Sport

image

"Real Madrid" mavsum oxirida PSJ bilan shartnomasi tugaydigan Kilian Mbappega yana bir taklif bilan chiqdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

“Qirollik klubi” fransiyalik hujumchiga o‘tgan yilgi shartlarni taqdim etdi. Madridliklar vakili Mbappega 130 million yevro shartnoma puli va yillik 26 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

“Real” mutasaddilari 25 yoshli futbolchi bilan yanvar oyida uchrashadi. Agar u shartlarni qabul qilsa, yozda ispan klubiga o‘tadi.

Biroq, manbaning ta’kidlashicha, Kilian yiliga 50 million yevroga yaqin maosh olmoqchi, bu ayni paytda "Real Madrid" bermoqchi bo‘lgan summadan ikki baravar ko‘p to‘lashi kerakligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, PSJ Kilian Mbappeni “Monako”dan 2017 yilning yozida transfer qilgan edi. Fransiya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum Parij safida maydonga tushgan 22 ta rasmiy o‘yinda 21 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan yodda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 dekabr kuni “Real” Mbappening transferi bo‘yicha harakatini boshlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made