“Real Madrid” La Liga tarixida hech qaysi jamoa erishmagan natijani qayd etdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi La Liganing 21-turi doirasida “Almeriya” ustidan irodali g‘alabaga erishdi – 3:2. Jamoa sardori  Daniel Karvaxal 98-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Ushbu g‘alaba bilan “Real Madrid” o‘z stadioni “Santyago Bernabeu”da 1000 ta o‘yinda g‘alaba qozongan birinchi La Liga klubiga aylandi. Avval Ispaniya chempionatida hech bir klub bunday ko‘rsatkichga erishmagan.

“Valensiya” “Mestalya”da 906 ta g‘alabaga erishgan bo‘lsa, “Barselona” “Kamp Nou”da 889 marta g‘alabani tantana qilgan.

Ayni damda Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 19 uchrashuvdan so‘ng “Real” 48 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 20 o‘yindan so‘ng chempionat peshqadami 49 ochko jamg‘argan “Jirona” bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing