“Real Madrid” klubi YTHga uchradi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi futbolchi va murabbiylar shtabini olib ketayotgan avtobus Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinga ketayotganda halokatga uchradi. Bu haqda “El Chiringuito” ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hodisa Germaniyada yuz bergan. Katta yo‘l bo‘ylab ketayotgan mashina haydovchisi ispaniyalik futbolchilarni olib ketayotgan avtobusni suratga olmoqchi bo‘lgan, biroq o‘sha paytda boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, oqibatda mashina “Real Madrid” klubi avtobusi bilan to‘qnashib ketgan. 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kimga jiddiy shikast yetmagan.

Aslida “Real Madrid” dastlab samolyotda belgilangan joyga borishi kerak edi, ammo Leypsig aeroportidagi ish tashlash tufayli futbolchilar bo‘lgan samolyot Erfurt shahriga qo‘ngan va u yerdan jamoa avtobusda 160 km yo‘l bosib, kerakli manzilga yetib kelgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 13 fevral kuni YeCHL 1/8 finali doirasida “Real Madrid” va “RB Leypsig” jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yin “Red Bull Arena”da bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 6 mart kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Leyptsig Evropa Chempionlar Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing