“Real Madrid” Bundesliga klubi bilan 103 mln yevrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Dortmund klubi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, kelishuv qiymati 103 million yevro va qo‘shimcha bonuslarni o‘z ichiga oladi hamda bu ikkala klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biri bo‘ladi. Shartnoma 2029 yilgacha tuzilgan bo‘lib, 19 yoshli futbolchi shu kunlarda Madrid klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Bellingem 2020 yilda Angliya Chempionshipining “Birmingem Siti” klubidan Dortmundning “Borussiya”siga borib qo‘shilgan. Bu vaqt davomida u Bundesliga klubining asosiy o‘yinchisiga aylanib, ushbu mavsum 31 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qildi. Avvalroq Bellingemga Angliyaning “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Real Madrid Bundesliga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing