“Real Madrid” boshqa ligaga o‘tishi mumkin
Sport
−
18 fevral 2025 5929 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi hakamlarning adolatsiz qarorlaridan keyin Ispaniya chempionatini (La Liga)ni tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati mavsum tugagach, Germaniya (Bundesliga), Italiya A Seriyasi yoki Fransiya chempionati (Liga 1)ga ko‘chib o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Klub rahbarlari yarim himoyachi Jud Bellingem 12 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinganidan keyin bunday keskin qaror qabul qilishga majbur bo‘lgan. Ularning fikricha, hakamlar korpusi klubga qarshi “urush” e’lon qilib, Bellingemga nisbatan noxolis jazo tayinlagan. Ayni vaqtda “Real” va La Liga rahbariyati klubning chempionatni tark etishi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh bermadi. Shuningdek, hozirda “qirollik klubi” va Xaver Tebas o‘rtasida munosabatlar ancha taranglashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Real Madrid” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin uchun hakamlar brigadasi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025