“Real Madrid” “Aston Villa” hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi
Sport
−
25 yanvar 2741 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Aston Villa” futbolchisi Jon Dyuranni sotib olmoqchi. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real” “Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuran uchun PSJ va “Al-Nasr” qatorida kurashga qo‘shildi. “Qirollik klubi” futbolchi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, Dyuran “Aston Villa” tarkibiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. 21 yoshli hujumchi joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urdi. Kolumbiyalik futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 40 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, PSJ Asensioni Dyuranga almashmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.