“Real” Luninni Londonga olib ketmoqchi emas
Sport
−
30 may
2925Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) finaliga ukrainalik darvozabon Andrey Luninsiz borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qirollik klubining bu qarori posbonning kasalligi bilan bog‘liq. 27 may kuni Luninning isitmasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Madrid klubi mutasaddilari ukrainalik kasalini boshqa o‘yinchilarga yuqtirishi mumkinligidan qo‘rqimoqda va shuning uchun klub uning jamoa bilan uchishini istamayapti, biroq taxminlarga ko‘ra, Lunin 1 iyunga qadar to‘liq sog‘ayib, “Borussiya”ga qarshi finalda ishtirok eta oladi.
Ma’lumot uchun, YeCHL finali Toshkent vaqti bilan 2 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi. Bahsga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni YeCHL finalida “Real” darvozasini Lunin emas, Kurtua qo‘riqlashi xabar qilingandi.