“Real” ko‘p pul sarflamaslik maqsadida sobiq himoyachisini qaytarmoqchi
Sport
−
30 aprel 5877 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Jirona” himoyachisi Migel Guteresni sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Mario Kortexana ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” “Bornmut”dan Milosh Kerkez va “Benfika”dan Alvaro Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan edi. Ammo madridliklarni har ikki chap qanot himoyachisining narxlari qoniqtirmayapti: 21 yoshli vengriyalik uchun 55 million yevrodan ko‘proq, 22 yoshli ispaniyalik uchun esa 50 million yevro talab qilinmoqda. Shu sabab “qirollik klubi” 8 mln yevro evaziga “Jirona”dan Migel Guteresni sotib olishni afzal ko‘radi.
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli Guterres “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, uning arzonligi ham shunga bog‘liq. “Qirollik klubi” Guteresni “Jirona”ga sotayotgan vaqtda qaytib sotib olish bandini shartnomaga qo‘shgan edi.
Live
Barchasi