“Real” Kroos o‘rniga futbolchi sotib oladimi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Toni Kroos o‘rniga hech kim bilan shartnoma imzolamaydi. Bu haqda “El Partidazo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" Kroosning o‘rinbosari sifatida angliyalik yetakchisi Jud Bellingemni ko‘rmoqda.

34 yoshli germaniyalik 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. 

Kroos 2014 yilning iyulida “Bavariya”dan “Real”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 25 million yevroni tashkil etgan, futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. “Transfermarkt” nemis futbolchisini 12 million yevroga baholamoqda.

Umumiy hisobda, Kroos “qirollik klubi” safida 463 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 98 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Real” bilan yarim himoyachi 4 ta Ispaniya chempionati, bir marta Ispaniya kubogi va 4 ta Ispaniya Superkubogi, shuningdek, 4 ta Yevropa Chempionlar ligasi sovrini, 4 ta UEFA Superkubogi va 5 ta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Toni Kroos Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made