“Real” ketma-ket 2-yil “Oltin to‘p” marosimiga bormaydi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi 22 sentyabr kuni Parijdagi “Teatre du Chatelet”da o‘tkaziladigan “Oltin to‘p” topshirish marosimida yana ishtirok etmasligi kutilmoqda. Bu haqda “Lequipe” nashri xabar berdi.

Klub o‘tgan yil ham tantanani boykot qilgan edi.

2024 yildagi marosim “Real Madrid” va mukofot tashkilotchilari “France Football” hamda UEFA o‘rtasidagi munosabatlarning keskin sovuqlashganini ko‘rsatgandi. Madridliklar “Oltin to‘p”ni topshirish jarayonida haqiqat buzilganini va dunyoning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda adolatga rioya qilinmaganini ta’kidlab keladi.

O‘sha yili tadbirdan “Real Madrid” butun delegatsiyasi, jumladan, murabbiy Karlo Anchelotti, Karvaxal, Bellingem, Valverde va marosimda dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlanishini kutgan Vinisius ham safardan voz kechgandi. Bu qaror Parijdagi gala kechasini hayratda qoldirib, butun futbol olamida katta rezonans keltirib chiqargandi.

So‘nggi oylar ichida “France Football” “Real Madrid” bilan aloqalarni tiklashga urindi. Hatto delegatsiya Madridga tashrif buyurdi, biroq uchrashuvlar natijasiz yakunlandi. Klub, ayniqsa, o‘tgan mavsumda mezonlarning o‘zgartirilishi va ayrim baholashdagi noaniqliklarni tushunib bo‘lmasligini bildirdi. UEFA'ning marosimga qo‘shilishi ham “Real Madrid” bilan munosabatlarni yanada murakkablashtirdi.

7 avgust kuni “France Football” e’lon qilgan 30 nafar nomzod qatoriga “Real Madrid”ning uch nafar futbolchisi (Kilian Mbappe, Jud Bellingem va Vinisius Junior) kiritilgan. Boshqa toifalarda esa Tibo Kurtua eng yaxshi darvozabon (Lev Yashin) sovriniga nomzod bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi “Oltin to‘p”ga da’vogarlar orasida Karolin Ueyr ham bor. Din Xyoysen erkaklar o‘rtasidagi “Kopa” kubogi uchun, Linda Kaysedo esa ayollar o‘rtasidagi “Kopa” kubogi uchun kurashmoqda.  
   
Ma’lumot uchun, 1956 yildagi birinchi marta “Oltin top” sovrini ta’sis etilgandan  buyon 9 marotaba “Real Madrid” futbolchilari ushbu sovringa ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin to'p Real Madrid UEFA France Football

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing