“Real” qiziqayotgan futbolchi Bundesligada eng yaxshi deb topildi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Randal Kolo-Muani hamkasblari tomonidan Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda “Kicker” xabar berdi.

252 nafar futbolchi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomada “Ayntraxt” hujumchisi 24,2 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”, 17,5%) ikkinchi, Niklas Fyullkrug (“Verder”, 11,9%) uchinchi pog‘onani egalladi.

“Union” jamoasi bosh murabbiyi Urs Fisher eng yaxshi murabbiy deb topildi – 21,8% ovoz. Ikkinchi o‘rinni 21% bilan “Bayer” ustozi Xabi Alonso egalladi.

Ta’kidlash joiz, aynan Kolo-Muaniga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” yozgi transfer oynasida  futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Randal Kolo-Muani eng yaxshi futbolchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing