Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Real” Italiyada o‘ynayotgan futbolchisini qaytib olmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” sobiq futbolchisi, hozirda Italiyaning “Komo” klubida to‘p tepayotgan Nikolas Pasni qaytarib olmoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati yozda “Real”dan Italiya jamoasiga o‘tgan 20 yoshli argentinalik futbolchini 6 million yevroga sotib olmoqchi, “Komo” futbolchisini 9 million yevroga sotish niyatida, futbolchining o‘zi ham Madrid klubiga qaytishga qarshi emas.

Bundan tashqari, potensial transfer bo‘yicha muhokamalar 2025 yilning yoziga qoldirilgan.

Joriy mavsumda Pas “Komo” safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi, 2024 yilning yozida argentinalikning taxminiy bahosi 10 million yevroni tashkil qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing