“Real” germaniyalik futbolchisini o‘z safida saqlab qolmoqchi
Sport
−
23 fevral 2024 4205 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi Toni Kroosning jamoada qolishini istamoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. “Real Madrid” Kroosning yana bir mavsum qolishini umid qilmoqda. Klub futbolchiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlab qo‘ygan.
Qaror faqat Toniga bog‘liq, ammo “Real Madrid” uning Germaniya terma jamoasiga qaytishini ijobiy signal sifatida qabul qilmoqda.
Hozirda futbolchi o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va u Madridda yana bir mavsum o‘tkaza oladi.
Joriy mavsumda 34 yoshli yarim himoyachi “Real” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28