“Real” g‘alaba qozonib peshqadamga aylandi

Sport

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Ispaniya La ligasining 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi.

Karim Benzemasiz “Real Madrid” “Elche” maydoniga safar qildi va g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Vinisius Junior Mariano Diasning uzatmasidan so‘ng, hisobni ochdi. 

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Raul Gutiga qo‘polligi uchun qizil kartoka ko‘rsatildi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana Vinisius gol urib, o‘rtadagi farqni ikkitaga oshirdi. Bu safar Modrich unga to‘pni yetkazib bergan edi.

86-daqiqada madridliklar himoyachisi Eder Militaoning qo‘pol xatosidan so‘ng, Pere Milya Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni qisqartirdi.

G‘alaba evaziga “Qirollik klubi” ochkolar sonini 24 taga yetkazib olgan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi pog‘onadagi “Real Sosedad”da ham shuncha ochko mavjud. Biroq San-Sebastyan klubi 12-turda “Atletik Bilbao”ga qarshi bahs olib boradi. “Qaymoqranglilar” hisobida bitta qoldirilgan uchrashuv bor.


 


Maqola muallifi

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing