“Real” futbolchisi jarohat oldi
Sport
−
24 yanvar
3719Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes jarohat oldi. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Vaskes jamoaning mashg‘ulotlari jarayonida tizzasidan jarohat orttirib olgan. Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jarohat qay darajada jiddiy ekanligi aniqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Lukas Vaskes “qirollik klubi” tarkibiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchi joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Real” Trent kelguncha o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.